Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh BMT Yashil iqlim fondidan chiqdi
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati iqtisodiyotning o‘sishiga yordam beradigan barcha energiya manbalarini rivojlantirish niyatida ekani ta’kidlanmoqda.
Foto: Reuters
AQSh Moliya vazirligi zudlik bilan BMT Yashil iqlim fondidan chiqishini e’lon qildi. Vashington tashkilotni moliyalashtirishdan bosh tortdi.
AQSh moliya vaziri Skott Bessent Yashil iqlim jamg‘armasini «radikal tashkilot» deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jamg‘armaning maqsadlari «arzon va ishonchli energiya iqtisodiy o‘sish va qashshoqlikni kamaytirish uchun fundamental ahamiyatga ega» degan haqiqatga ziddir.
Vazirlikning qayd etishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati iqtisodiyotning o‘sishiga yordam beradigan barcha energiya manbalarini rivojlantirish niyatida.
«Yashil iqlim fondida bundan buyon ham ishtirok etish Tramp ma’muriyatining ustuvorliklari va maqsadlariga mos kelmasligi tan olindi», deyiladi xabarda.
Yashil iqlim jamg‘armasi (Green Climate Fund) – BMT Doiraviy konvensiyasi tomonidan tashkil etilgan global iqlim jamg‘armasi. Uning faoliyati iqlim o‘zgarishi muammolarini hal qilishda mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Avvalroq Tramp AQSh 66 ta xalqaro tashkilotdan chiqishi to‘g‘risidagi memorandumni imzolagan edi. Shundan 31 tasi BMT tuzilmalaridir. Oq uyning aniqlik kiritishicha, tashkilotlar «endi Amerika manfaatlariga xizmat qilmayapti».
2025 yil sentabrida Tramp BMTni dunyo mojarolarini hal qilishda harakatsizlikda aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro tashkilot faqat «juda keskin iboralar bilan» xatlar yozadi, keyinchalik ularni amalga oshirmaydi.
Mavzuga oid
19:11 / 26.02.2026
2025 yilda AQShdan chiqib ketganlar soni kirib kelganlar sonidan oshdi – OAV
18:57 / 26.02.2026
Kubaga «hujum qilgan» bosqinchilar o‘ldirildi. AQShning kommunist qo‘shnisida nimalar bo‘lyapti?
09:10 / 26.02.2026
Zelenskiy va Tramp RF bilan muloqotni va Jyenevadagi uchrashuvni muhokama qildi
08:42 / 26.02.2026