Jahon | 15:10 / 05.03.2017
3856
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq Buyuk Britaniyadan 12 mlrd dollardan ortiq kredit oladi

Buyuk Britaniya Iroqqa 10 milliard funt sterling (12,29 milliard dollar) miqdorida kredit ajratadi. Bu Reuters agentligi Iroq moliya vazirligidagi manbasiga asoslangan holda xabar tarqatgan.

Bu mablag‘ mamlakatning muhim infratuzilmalarini moliyalashtirish uchun sarflanishi nazarda tutilgan.

Hozircha Iroq hukumati bu haqda rasman e'lon qilmagan, bu boradagi bayonot yangi hafta boshida berilishi kutilmoqda.

Mavzuga oid