Uzcard tölov tizimi bank kartalaridan avtomatik (aksepsiz) mablağ yeçib olişda minimal kamaytirilmaydigan qoldiq joriy etilganini e’lon qildi.
2026 yil 15 apreldan boşlab, banklar va boşqa taşkilotlar kreditlar, bölib-bölib tölaş va boşqa majburiyatlar yuzasidan şaxsning Uzcard kartasidan avtomatik mablağ yeçib olganida, balans nolga tuşib qolmaydi.
Bu operatsiyalardan keyin karta hisobida kamida 3 BHM (1 mln 236 ming söm) mablağ qolişi şart böladi. Avtomatik yeçib olişlar ana şu çegaradan ortiq mablağ doirasida röy beradi.
Lekin agar mijozning özi ikkinçi tomonga karta rekvizitlarini taqdim etsa va tölovni bir martalik kod (OTP) bilan tasdiqlasa, mazkur qoida tatbiq etilmaydi, bunday holatlarda karta hisobidagi mablağ töliqligiça yeçib olinişi mumkin.
“Bank va mijoz” kanalining yozişiça, tez orada Humo tölov tizimi ham şunday tartib haqida xabar berişi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, 2026 yil 1 apreldan boşlab yoqilği va alkogol kabi bir qator tovar va xizmatlarni naqd pulga sotiş töxtatilgan edi. Kun.uz muxbiri Farğonadagi AYoQŞlarda bu yangilik qanday işlayotganini örganarkan, aholining muayyan qismi kredit qarzdorligi tufayli özining nomidagi bank kartasiga pul taşlamasligi masalasi ham örtaga çiqqan edi.













