Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon va Eron o‘zaro munosabatlarning hozirgi darajasini yuqori baholamoqda
Ozarboyjon va Eron munosabatlari ayni vaqtda yuqori darajada bo‘lib turibdi. Bu haqda Tehronda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan uchrashuv vaqtida ozarlar rahbari Ilhom Aliyev ma'lum qildi.
Aliyev shu kuni Eronga bir kunlik rasmiy tashrifi bilan kelgan.
"Eron-ozar munosabatlarining muvaffaqiyatli tarzda rivojlanishi bizni quvontirmoqda. Keyingi bir necha yillarda bu munosabatlar darajasi eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Ko‘plab muhim masalalar hal etildi, bugunda esa Eron va Ozarboyjon hamkorligi barcha sohalarni qamrab olmoqda", degan Aliyev. U ikki mamlakat aloqalari tarixiy ildizlarga borib taqalishini qayd etib o‘tgan.
O‘z navbatida Ruhoniy ham keyingi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanib, kengayib borayotganini ta'kidlagan.
"Bu shuni anglatadiki, biz kelajakka umid bilan boqishimiz mumkin", deya qo‘shimcha qilgan u.
Mavzuga oid
21:32 / 25.04.2026
Uitkoff va Kushnerning Eron bilan muzokaralar uchun Pokistonga safari bekor qilindi
18:07 / 25.04.2026
Eron urush tufayli yopilgan xalqaro aviaqatnovlarni qayta tikladi
16:21 / 24.04.2026
Pentagon Eron bilan urushdagi ixtiloflar tufayli Ispaniyani NATOdan chetlatishni muhokama qilmoqda
09:10 / 24.04.2026