Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erkin iqtisodiy zonalarda ishlab chiqarish kengaytiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Erkin iqtisodiy zonalarida import o‘rnini bosuvchi va eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarish kengaytiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston respublikasining erkin iqtisodiy zonalarida import o‘rnini qoplaydigan va eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 27 fevralda qabul qilgan qarorida so‘z yuritilgan. 2017-2019 yillarda EIZlarda ishlab chiqarish rejalashtirilgan mahsulotlar ro‘yxati ham qaror bilan tasdiqlangan. Hujjat matni Lex.uz saytiga joylashtirilgan
Mazkur qarorni hayotga tatbiq etish mahsulotlar importini qisqartirish, eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqish, ularda tijorat banklari kreditlaridan foydalanish, mintaqalar, soha tashkilotlari va xo‘jalik birlashmalari mineral-xom ashyo salohiyatidan imkon qadar keng foydalanish hamda EIZlar hududlarida tadbirkorlik sub'yektlari faoliyati uchun qulay sharoitlar barpo qilish imkonini beradi.
Ro‘yxatga kiritilgan loyihalarni o‘z vaqtida tayyorlash va amalga oshirish Boshqaruv kengashiga yuklatilgan. Ayni kengashga ro‘yxatga o‘zgartish kiritishga ruxsat berilgan.
Tijorat banklariga o‘z mablag‘lari va O‘zbekiston hukumati kafolatisiz jalb qilingan xorijiy kredit liniyalaridan foydalangan holda EIZlarda loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub'yektlariga asbob-uskunalar, xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlarni xarid qilishlari uchun kreditlar taqdim etish tavsiya qilingan.
Bundan tashqari, 8ta tijorat banklari EIZlar hududida o‘z shoxobchalarini ochadi.
Mavzuga oid
20:00 / 28.03.2026
Jazoni ijro etish muassasalaridagi yoshlar zamonaviy kasblarga o‘qitiladi
07:51 / 11.07.2024
“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi hududi kengaytiriladi
15:47 / 27.02.2024
Andijon viloyatida «Ipak yo‘li» erkin iqtisodiy zonasi tashkil etiladi
22:16 / 21.02.2023