Andijon viloyatida yuqori texnologiyali va zamonaviy investitsiya loyihalarini amalga oşiriş, yangi iş örinlarini yaratiş va hudud aholisining farovonligini oşiriş, şuningdek, Buyuk Ipak yölida joylaşgan mamlakatlar bilan savdo va investitsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytiriş maqsadida Andijon viloyati Andijon tumanida “Ipak yöli” erkin iqtisodiy zonasi taşkil etiladi.
“Ipak yöli” EIZning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari:
taşqi bozorlarda talab etilayotgan va import örnini bosuvçi, yuqori qöşilgan qiymatga ega sanoat mahsulotlarini işlab çiqariş uçun töğridan-töğri xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etiş;
mahalliy xomaşyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini örnatiş, “Ipak yöli” EIZ iştirokçilari örtasida hamda respublikaning boşqa hududlari bilan sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş asosida yuqori darajadagi sanoat işlab çiqarişini kengaytiriş;
viloyatning işlab çiqariş va resurs salohiyatidan samarali foydalaniş asosida sanoat mahsulotlari işlab çiqarişni kengaytiriş, mahalliy aholi uçun doimiy iş örinlari yaratiş.
“Ipak yöli” EIZning faoliyat körsatiş muddati 30 yilni taşkil etadi va uşbu muddat keyinçalik uzaytirilişi mumkin. “Ipak yöli” EIZ faoliyati davomida uning iştirokçilariga erkin iqtisodiy zonalar iştirokçilari uçun belgilangan alohida soliq, bojxona imtiyozlari va boşqa preferensiyalar tatbiq etiladi.
Andijon viloyati Andijon tumanida qişloq xöjaligiga möljallangan jami 218,18 gektar, şundan 201,23 gektar suğoriladigan yer uçastkalari sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boşqa maqsadlarga möljallangan yerlar toifasiga ötkaziladi.
Qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkalari qisqarib ketişining oldini oliş maqsadida 2025 yil 1 yanvarga qadar suğoriladigan yerlar toifasiga ötkaziladigan yangi yer uçastkalari özlaştiriladi.












