Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida niqobli jinoyatchilar ushlandi
Toshkent shahar Yashnobod tumanida ikki noma'lum shaxs yuzlariga niqob va qo‘llariga qo‘lqop kiygan holda 1955 yilda tug‘ilgan ayolning uyiga ochiq qolgan eshik orqali kirib, uy egasini urib jarohat yetkazganlar. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, ular ayolning qo‘l – oyoqlarini skotch bilan bog‘lab, ichida 23 000 000 so‘m puli, 2 500 AQSh dollari, qiymati 6 000 000 so‘m bo‘lgan zargarlik buyumlarini va nevaralarining tug‘ilganlik haqidagi ikkita guvohnomalari bo‘lgan temir seyfni hamda “Nokia” mobil telefonini olib voqea joyidan yashiringanlar.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi 1993 yilda va 1994 yilda tug‘ilgan ikki nafar shaxs sodir etganligi aniqlanib ular ushlandilar.
“Hozirgi paytda ularga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
17:12 / 05.06.2026
“Toshkentni dunyodagi eng qulay shaharlardan biriga aylantiramiz” – hokim Shavkat Umrzoqov bilan suhbat
08:41 / 05.06.2026
Belgiya Toshkentda elchixona ochadi
22:18 / 04.06.2026