Mutolaa - yangi ma'lumot, qiziqarli ğoyalar va hayotiy qimmatli maslahatlar olişning ajoyib usulidir. Şunday ekan, dunyoning yetakçi işbilarmonlari kitobsevar kişilar ekanligiga ajablanmasa ham böladi. Fortune 500 röyxatidan joy olgan yirik korporatsiyalar yoki muvaffaqiyatli faoliyat yurituvçi startaplar rahbarlari kitob öqişga vaqt topganda qolganlarning bahonasi ötmaydi. Ba'zi magnatlar klassik asarlarni mutolaa qilişni yoqtirişadi, boşqalari esa - karera quriş mavzusidagi qöllanmalarni afzal körişadi, kimlar uçundir detektiv asarlardan yaxşisi yöq. InsiderPro Bill Geyts, Jyeff Bezos, Ilon Mask va boşqa rahbarlarning sevimli kitoblariga oid ma'lumotlar bilan bölişdi.
Jyeff Bezos: «Kunning qolgan qismi»

Amazon rahbarining sözlariga köra, badiiy kitoblar uni hujjatli adabiyotlardan köra köproq narsalarga örgatgan. Bezosning şaxsiy adabiyotlar röyxatida uruşdan keyingi Angliyada röy bergan voqealarga asoslangan boş xizmatkor va uning xotiralari haqidagi roman birinçi örinni egallaydi.
Bill Geyts: «Javdarzordagi jarlik»

Microsoft hammuassisi ösmirlik davridayoq Selinjyerning asariga mehr qöygan: "Men «Javdarzordagi jarlik» kitobini 13 yoşimda mutolaa qilganman, öşandan beri u - mening eng sevimli kitoblarimdan biri. Unda hikmat juda köp!".
Stiv Jobs: «Hayot strategiyasi»

"Hayot strategiyasi" buyuk işbilarmon Stiv Jobsning hayotiga öz ta'sirini ötkazgan, şunday ekan, siz ham bu kitobni öqisangiz, foydadan holi bölmasligi aniq. Kitobda muvaffaqiyat va uni qabul qilişdagi farqlar haqida söz boradi. Asar insonni hayotda öz yölini topişga undaydi.
Tim Kuk: «Vaqt bilan bellaşuv»

Aytişlariça, Apple boş direktori öz hamkasblari va xodimlariga "Vaqt bilan bellaşuv: Vaqt omiliga asoslangan raqobat global bozorlar landşaftini qanday özgartirişi mumkin" kitobi nusxalarini tarqatar ekan. Umuman olganda, bu kitobni mutolaa qiliş uçun Apple'ga işga kiriş şart emas: unda siz samaradorlikni qanday oşiriş mumkinligi, kun tartibingizni taşkillaştiriş va karera qurişga doir tavsiyalarni olişingiz mumkin.















