Rossiyada taqiqlanganlar reyestriga beshta kitob sayti kiritildi
Roskomnadzor BAbook, Freedom Letters, "Ruslaniya", Book Amaro va Goodreads kitob saytlarida Ukrainadagi urush, «chet el agentlari» asarlari va "feyklar" chop etilyapti, deb hisoblagan.

Foto: AP
BAbook, Freedom Letters, "Ruslaniya", Book Amaro va Goodreads kitob saytlari Roskomnadzorning taqiqlangan ma’lumotlar reyestriga kiritildi, deb xabar beradi TASS agentligi 30 avgust, juma kuni kechqurun.
"Agar resurs egalari idoraning ogohlantirishlariga e’tibor bermasa, Rossiya Federatsiyasi hududida saytlarga kirish cheklanadi", — deya agentlik idora matbuot xizmatidan iqtibos keltirmoqda.
Nima uchun kitob saytlari taqiqlandi?
Ta’kidlanishicha, kitob saytlari taqiqlangan ma’lumotlar reyestriga "ushbu manbalarda Rossiya qonunchiligini buzuvchi adabiyotlarning butun ro‘yxati joylashtirilganligi sababli" kiritilgan. Xususan, bu "maxsus operatsiya" (Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi), Rossiya Federatsiyasidagi siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan ma’lumotlar, shuningdek, Rossiya hukumati organlari xatti-harakatlarini obro‘sizlantirish haqidagi soxta ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan asarlarga taalluqli, deya aniqlik kiritdi Roskomnadzor.
Boshqa narsalar qatorida, idora "ko‘pgina kitoblar va nashrlarning mualliflari "chet el agentlari" ekanligiga ishora qildi, ammo ularning asarlari tegishli tarzda belgilanmagan.
O‘z navbatida, BAbook kitob platformasi yozuvchi Boris Akunin (Grigoriy Chxartishvili) bilan bog‘liq bo‘lib, foydalanuvchilarni Dmitriy Bikov, Leonid Parfenov, Viktor Shenderovich kabi mualliflar asarlari bilan tanishtiradi.
Freedom Letters – 2023 yilda tashkil etilgan shu nomdagi nashriyotning kitob do‘koni. Goodreads - Amazon'ga tegishli yirik xalqaro kitob platformasi.
Tavsiya etamiz
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya hujumidan keyin Dniproda kamida sakkiz kishi jarohat oldi
Jahon | 13:40
-
Yetakchi institutlar Germaniyaning iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
Jahon | 13:39
-
Andijonda Damas oldinda ketayotgan traktorga borib urildi
O‘zbekiston | 13:35
-
O‘zbekistonda doimiy aholining necha foizi mehnatga layoqatli?
O‘zbekiston | 13:34
Mavzuga oid

08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi

08:28 / 05.04.2025
Yevropa va Kanada Putindan AQSh taklifiga darhol javob berishni talab qilmoqda

08:14 / 05.04.2025
«Rossiya otashkesimga tayyorgarlik ko‘rayotganining alomati yo‘q» - NATO razvedkasi

00:50 / 05.04.2025