18:56 / 07.03.2017
8501

Lexus o‘zining yangi sedanini namoyish etdi

Jyenevada Lexus brendi o‘zining LS 500h rusumli yangi sedanini namoyish etdi. Model gibrid motor bilan jihozlangan bo‘lib, u V6 Dual VVT-I  rusumli 3,5 litr hajmli benzinli va quyma ion batareyali elektr dvigatelidan tarkib topgan. 354 ot kuchiga ega avtomashina soatiga 100 km. tezlikka 5,4 soniyada chiqa oladi. 

Model Lexus Safety System + xavfsizlik tizimi bilan ham jihozlangan. Buning yordamida haydovchi avtohalokatlarning ko‘p uchraydigan asosan to‘rt turidan, ya'ni orqa tarafdan zarbaga uchrash, piyodani urib yubormaslik, yo‘llardagi uzun chiziq ustiga chiqib ketmaslik va chorrahani kesib o‘tayotganda avariyadan saqlanish imkoniyatlariga ega bo‘ladi. Avtomobilda 14ta xavfsizlik yostiqchasi o‘rnatilishi kutilmoqda. 

Lexus LS modelining farqli jihatlari sifatida uning zamonaviy tashqi dizayni hamda hashamatli saloniga ham urg‘u berilib, dizaynerlarning bu kabi nafis va chiroyli natijaga erishishida yaponlarning omotenasi mehmondo‘stlik falsafasidan ilhomlanishgani ta'kidlanmoqda.

Shu bilan birga, avtomobilni boshqarayotgan vaqtda haydovchini tinchlantirish va ko‘nglini ko‘tarish vazifalariga katta e'tibor qaratilgan. Xususan, uning saloni Pioneer va Mark Levinson kabi audiosistema yetakchilari hisoblangan kompaniyalarning ohangni keng tarqalishini ta'minlaydigan texnologiyalari bilan jihozlangan.

Top