21:36 / 09.03.2017
8426

Venger «Arsenal» fanatlariga javob qaytardi

«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger ma'lum qildiki, klubdagi kelajagi bo‘yicha qaror qabul qilishda muxlislar fikrini inobatga oladi. U shuningdek, futbolchilarga mavsum yakunida ketishi haqida aytgani haqidagi xabarlarni inkor etgan.

«Fanatlar mening iste'fomni talab qilishayotgani haqida bilamanmi? Ha, men barchasini kuzatib bormoqdaman, ammo bu asosiy omil bo‘lmaydi. Men 20 yil davomida shu jamoa fanatlari baxtiyor bo‘lishi uchun qattiq ishladim. Men ularning harakatlarini qoralamayman. Men hozir faqat bir narsani bilanman, har kuni o‘z zimmamdagi ishni to‘la bajarish.

Futbolchilarga ketishim haqida aytibmanmi? Yo‘q.

Mening imijim? Men buning uchun ishlamayman, men klub uchun ishlayman. Bu borada muammo ko‘rmayapman. Men «Arsenal»ni sevaman va bu klubga sodiqman. Bu klubni qadrlayman», deya murabbiyning so‘zlarini keltirgan BBC.

Mavzuga oid
Top