Fransua Olland Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

Fransiya prezidenti Fransua Olland O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25 yil to‘lgani munosabati bilan Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi.
«Aloqalar o‘rnatilganining birinchi kunlaridanoq hamkorlikning barcha sohalarida – ham siyosiy, ham iqtisodiy va madaniy jabhalarda mustahkamlanganligini qayd etish bugun meni quvontiradi», deyiladi maktubda.
Fransua Olland o‘tgan davr mobaynida Fransiya va O‘zbekiston do‘stona munosabatlar o‘rnatishga erishganligini ta'kidladi.
U «ishonch va o‘zaro hurmatga asoslangan mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘rnatilgan sherikchilikning yuqori darajasi keyingi o‘n yilliklar davomida doimo rivojlanishi»ga umid bildirdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransua Olland nomiga yo‘llagan maktubida esa shunday so‘zlar qayd etilgan: «Fransiya Respublikasining 1992 yil yanvar oyida O‘zbekiston mustaqilligini birinchilardan tan olgani, shuningdek, uning mustaqil rivojlanishi va suverenitetini qat'iy qo‘llab-quvvatlaganini biz alohida qadrlaymiz».
Davlat rahbari «Fransiya bilan ikki va ko‘p tomonlama kun tartibining barcha masalalari bo‘yicha, avvalo siyosiy-diplomatik va madaniy-gumanitar sohalarda samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, savdo, investitsiya va yuqori texnologiyalar, turizm, korxonalarimizda ilg‘or korporativ boshqaruv metodlarini kiritish jabhalarida aniq dasturlar va loyihalarni ilgari surishga O‘zbekiston sodiq» ekanligini tasdiqladi.
O‘zbekiston prezidenti «O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarini chuqurlashtirish va uning o‘zaro hurmat, tenglik va ishonch tamoyillariga asoslangan poydevorini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma faoliyatni bundan keyin ham davom ettirish»ga ishonch bildirdi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. Qurbonlar bor
O‘zbekiston | 14:57
-
Rossiya Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga MDH davlatlari orasida eng kam mukofot puli to‘laydi
Jahon | 14:36
-
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar uchun “Faol hayotga qadam” dasturi joriy etiladi
O‘zbekiston | 14:27
-
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22
Mavzuga oid

23:30 / 25.02.2020
Ochilishida Mirziyoyev va Erdo‘g‘an qatnashgan Anqaradagi Millat kutubxonasiga sayohat

19:31 / 03.01.2019
Shavkat Mirziyoyev ShHT bosh kotibini qabul qildi

23:02 / 25.12.2018
Shavkat Mirziyoyev DXXning kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi

14:43 / 23.12.2018