Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 23 dekabr – imperator tavalludi kuni munosabati bilan Yaponiya imperatori Akixitoni tabrikladi. Bu haqda Özbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Imperator Akixito 1933 yil 23 dekabrda Tokio şahrida tavallud topgan bölib, ayni paytda u dunyodagi yagona hukmdor imperator hisoblanadi.

Imperator tavalludi kuni Yaponiyada davlat bayrami sifatida nişonlanadi. Bu haqdagi qonun 1873 yilda qabul qilingan. Mamlakat konstitutsiyasida imperator — «davlat va Yaponiya xalqi birdamligining ramzi» ekanligi ta'kidlangan.