Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muhammad Alining o‘g‘li Mayamida hibsga olinishi tafsilotlarini so‘zlab berdi
Afsonaviy bokschi Muhammad Alining o‘g‘li Kichik Muhammad Ali AQSh kongressidagi tadbir ishtirokchilariga Mayami aeroportida qo‘pol muomalaga duch kelgani haqida so‘zlab berdi.
Tadbir AQSh prezidenti Donald Trampning migratsiya siyosatiga qarshi norozilik sifatida bir guruh demokratlarning tashabbusi va tashkilotchiligida o‘tdi.
Bokschi o‘g‘lining aytishicha, 7 fevralda Mayamidagi Fort-Loderdeyl xalqaro aeroportida AQSh migratsiya xizmati xodimlari uning islom diniga e'tiqod qilishini bilganlaridan keyin uni to‘xtatib, ma'lum vaqt yopiq xonada ushlab turishgan.

"So‘roq ikki soatga yaqin davom etgan. Men o‘zimni go‘yoki otamning dafn marosimida bo‘lgandek his qildim", deb aytmoqda Kichik Muhammad Ali.
Uning aytishicha, u bunday muomaladan esankirab qolgan va nima deb o‘ylashni ham bilmagan.
Marhum bokschining bevasi Belinda Boyd ham o‘g‘lining aeroportda ushlanishi vaqtida boshdan kechirganlarini gapirib bergan va bunday hodisalar boshqa qaytarilmasligiga umid bildirgan.
Mavzuga oid
08:03 / 10.12.2025
Al-Azhar va O‘zbekiston o‘rtasida yangi ilmiy loyihalar boshlanadi
07:12 / 28.09.2023
Toshkent va Mayami o‘rtasida muntazam aviareyslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
14:39 / 13.06.2023
Mayami politsiyasi Trampga ayblov qo‘yilganidan keyin yuz berishi mumkin bo‘lgan mitinglarga tayyorlanyapti
14:48 / 23.03.2023