Mayami politsiyasi Trampga ayblov qo‘yilganidan keyin yuz berishi mumkin bo‘lgan mitinglarga tayyorlanyapti
Mayami rasmiylari AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp ustidan birinchi sud jarayoniga «tayyor» ekanini ma’lum qildi. Bu haqda shahar meri Frensis Suares va politsiyaga tayanib, ABC News xabar bermoqda.
«Biz olomonning turli harakatlariga tayyormiz», deya ma’lum qildi Mayami meri.
Mayami politsiyasi boshlig‘i Manuel Morales shahar huquq-tartibot idoralari Trampning 50 minggacha tarafdorlari kelishiga hozirlik ko‘rayotganini aytdi. «Biz bu voqeani juda jiddiy qabul qilamiz. Vaziyat yomonlashishi ehtimoli borligini bilamiz», dedi u.
AQSh Maxfiy xizmati Marshallar xizmati bilan hamkorlikda Trampning kelishiga ham hozirlik ko‘rmoqda.
Telekanal Mayami sudi binosi atrofida mahalliy va federal huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari sonida sezilarli o‘sish kuzatilganini ta’kidladi.
O‘zini aybsiz deb e’lon qilgan Tramp tarafdorlarini sud eshituvlari uchun Mayamiga kelishga undab, o‘tgan hafta ijtimoiy tarmoqlarda shunday yozgan edi: «Mayamida seshanba kuni ko‘rishguncha».
AQSh sudi OAVning sobiq prezident Donald Tramp va unga qo‘yilgan ayblovlar ishi bo‘yicha birinchi sud jarayonidagi video va audio ma’lumotlardan foydalanish haqidagi so‘rovini rad etdi.
Florida shtatida federal prokurorlar tomonidan sobiq prezident Donald Tramp maxfiy hujjatlarni saqlash va ular bilan ishlash qoidalarini buzganlik bo‘yicha 37 ta bandda ayblandi.
13 iyun, seshanba kuni siyosatchi ish ko‘rilayotgan Florida shtati sudiga kelishi kerak.
Mavzuga oid
17:48 / 22.11.2024
Tramp Pem Bondini bosh prokuror lavozimiga yangi nomzod sifatida ko‘rsatdi
21:00 / 21.11.2024
AQSh–Xitoy ziddiyati va Tayvan omili: Trampdan nima kutish mumkin?
11:15 / 21.11.2024
Putin Tramp bilan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishni muhokama qilishga tayyor - Reuters
17:20 / 20.11.2024