19:18 / 11.03.2017
37688

Sardor Rashidov O‘zbekistonga qaytib keldi

Qatarning «Al-Jayish» klubi yarimhimoyachisi Sardor Rashidov O‘zbekistonga jo‘nab ketdi. Bu haqda qatarliklar rasmiy tvitteri xabar tarqatgan.

Manbada yozilishicha, Sardor Rashidov O‘zbekiston terma jamoasidan taklif olgan va shu maqsadda terma jamoaning JCh-2018 saralash bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlarida ishtirok etish uchun Toshkentga uchib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi JCh saralash bosqichi doirasidagi navbatdagi uchrashuvni Suriya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Manba: Tribuna.uz

Top