Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ferrari ilk avtomobili chiqqanining 70 yilligini nishonlamoqda
Italiyaning avtomobilsozlik konserni Ferrari 12 mart kuni konsern asoschisi, mashhur Entso Ferrari o‘zining markasi ostida chiqqan ilk avtomobilning dvigatelini ishga tushirganining 70 yilligini nishonlaydi.
"Maranello ko‘chalarida o‘tkazilgan test-drayv Ferrari’ning zamonaviy tarixini boshlab berdi", deb aytildi kompaniya matbuot xizmatida. Gap "125 S" modeli sifatida ma'lum bo‘lgan sport mashinasi haqida ketmoqda. Bu mashinaning kapotida markaning sariq fonda gijinglayotgan ot tasvirlangan emblemasi o‘rnatilgan bo‘lgan.
12 silindrli dvigatelga ega avtomobilni poygaga birinchi bo‘lib 1947 yil 11 may kuni taniqli italiyalik poygachi Franko Korteze olib chiqqan. Korteze poygada yetakchilik qilganiga qaramasdan, bolidning yoqilg‘i nasosida nosozlik yuzaga kelgandan keyin poygadan chiqib ketgan. "Kommendatore" taxallusini olgan Ferrarining o‘zi buni "kelajagi porloq muvaffaqiyatsizlik" deb atagandi. Keyinchalik mashina poygalarda 6 marta g‘olib bo‘lgan.
Kompaniyaning g‘oyasi bo‘yicha, bayram 60 ta davlatda nishonlanadi va barcha bayram tadbirlari "javohiri" LaFerrari Aperta giperkarining namoyishi bo‘ladi. Rejaga ko‘ra, barcha shodiyonalar 9-10 sentabrda kompaniyaning Maranellodagi bazasida yakunlanadi.
E'tiborlisi, Ferrari’ning 2017 yilgi "Formula-1" poygasida ishtirok etadigan bolidlari konsernning 70 yilligiga bag‘ishlangan maxsus SF70H indeksini oldi.
Mavzuga oid
16:05 / 10.09.2025
2,3 soniyada 100 km tezlikka chiqadi: Ferrari 1050 ot kuchiga ega Testarossa’ni taqdim etdi
11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi
14:57 / 01.05.2025
Germaniya avtomobil ishlab chiqaruvchilari Trampning tariflari tufayli yo‘qotishlarga duch kelmoqda
14:17 / 25.01.2025