Ferrari’ning bu superkari hibrid bölib, uning kapoti ostida 4 litrl siğimli biturbo V8 dvigateli örnatilgan. U 819 ot kuçini beradi. Qöşimça ravişda 3 ta elektromotor ham bor. Dvigatel va elektromotorlar birgalikda 1050 ot kuçini beradi. Bu Ferrari’ning seriyali işlab çiqarilgan modellari orasida rekord hisoblanadi.

Ferrari 849 Testarossa Spider 100 km tezlikka atigi 2,3 soniyada çiqadi, 200 km tezlikka esa 6,3 soniya kifoya. Maksimal tezligi esa soatiga 330 kmdan ham baland.


Superkar salonida ham qator özgarişlar bor: sensorli panellar örniga Ferrari Amalfi’dagi kabi tugmaçalar paydo böldi. Markaziy tunnelning ergonomikasi yaxşilanib, buyumlarni saqlaş uçun joy paydo böldi. Xaridorlar örindiqlar borasida tanlov qilişlari mumkin: masalan, karbonli sport örindiqlari yoki juda talabçan mijozlar uçun 30 kg yengillaştirilgan Assetto Fiorano töplami ham bor.


Xavfsizlik tizimlari röyxatiga Stop&Go funksiyali moslaşuvçan kruiz-nazorat, velosipedçilarni aniqlaş xususiyatiga ega şoşilinç tormozlaş tizimi, körinmas zonalarni kuzatiş, harakatlaniş yölagidan çiqiş haqida ogohlantiriş, yölakda saqlab qoliş, 360 darajali kamera, haydovçi çarçoq holatini nazorat qiliş va boşqa tizimlar kiritilgan.
Modelning kupe varianti uçun 460 ming, Spider uçun esa 500 ming yevro narx belgilangan.

Testarossa nomi avtoolamda dastlab 1956 yilda paydo bölgan. 1984 yilda esa u 395 ot kuçiga ega 4,9 litrli dvigatel bilan taqdim etilgan. Soatiga 290 km tezlikda harakatlana olgan Testarossa öz davrining ramziga aylangandi.


















