Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada kun sensatsiyasi qayd etildi
Ispaniya chempionatining 27-turida sensatsiya qayd etildi. «Deportivo» o‘z maydoni «Riasor»da «Barselona»ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinning 40-daqiqasida Mark-Andre ter Shtegen xatosidan keyin «Deportivo» hujumchisi Xoselu to‘pga ega chiqib, hisobni ochdi.
Ikkinchi bo‘lim boshida Luis Suares hisobni tenglashtirdi, ammo 74-daqiqada amalga oshirilgan burchak to‘pidan keyin Bergantinos Aleks boshi bilan mehmonlar darvozasini ishg‘ol qildi - 2:1.
Bu kataloniyaliklar jamoasining Primerada o‘tgan yilning 2 oktabridan buyon ilk mag‘lubiyati bo‘ldi. O‘shanda jamoa «Selta»ga yutqazgandi - 3:4.
«Barselona» endilikda 60 ochko bilan turnir jadvalining birinchi o‘rnida qolmoqda, ammo ikkinchi o‘rinda bir ochko kam jamg‘argan holda joylashgan «Real»da ikkita o‘tkazilmagan o‘yin bor. «Deportivo» 27 ochkosi bilan 15-pog‘onada.
Ispaniya chempionati, 27-tur
Deportivo – Barselona 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 40 Xoselu, 1:1 – 46 Suares, 2:1 – 74 Bergantinos.
Deportivo – Lyuks, Arribas, Albentosa, Navarro, Xuanfran (Laure, 86), Bergantinos, Borxes, Fajr, Gama (Kakuta, 71), Xil (Cholak, 62), Xoselu.
Barselona – ter Stegen, Maskerano, Pike, Alba, Andre Gomesh (Rakitich, 58), Serdji Roberto, Denis Suares (Pako Alkaser, 77), Buskets, Turan (Inesta, 58), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Navarro (14), Xoselu (36).




Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026