Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi Enrikeni ishdan chetlatdi va «Barselona»da asosiy qarorlarni qabul qila boshladi
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi mavsum oxiriga qadar kataloniyaliklar klubida o‘ynovchi murabbiy vazifasini bajaradi.
Diario Gol ma'lumotiga ko‘ra, jamoadoshlari va rahbariyatning to‘la qo‘llab-quvvatloviga erishgan argentinalik futbolchi Ispaniya chempionligi uchun poygada «Real»ni qanday qilib ortda qoldirish rejasini tuzib chiqqan.
Shuningdek, jamoaning o‘yin uslubi borasida o‘z fikriga ega bo‘lgan Messi «Barselona»ning amaldagi bosh murabbiyi Luis Enrikening tarkibda rotatsiyalar qilish bo‘yicha qaroriga qarshi chiqqan.
Uning ta'kidlashicha, Neymarning maydonga tushmasligi jamoa o‘yinining sifatini keskin pasaytirmoqda, Andre Gomesh va Denis Suares esa Inesta bilan Rakitichning o‘rnini bosa olmayapti.
Ayni vaqtda Kataloniya jamoasi Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadam «Real»dan 2 ochko ortda qolmoqda, shuningdek, madridliklar jamoasi zaxirasida bitta o‘yin bor.
Bundan avvalroq «Barselona» Messiga shartnomani uzaytirishga rozi bo‘lishi uchun 40 million yevro taklif etgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026