Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Snouden Samsung televizorlarini buzib kirish usulini aytdi
AQShning Milliy xavfsizligi agentligi sobiq xodimi Edvard Snouden The Intercept’ga bergan intervyusida MRB televizorlarni buzib kirib, ularni josuslik qurilmalariga aylantirishi haqida gapirib o‘tdi. Bu haqda Mashable xabar bermoqda.
AQSh josuslik boshqarmasi Samsung televizorlarini yashirincha eshitish uchun mikrofonlar sifatida ishlatayotgani haqida ma'lumot WikiLeaks sayti tomonidan taqdim etildi. Snoudenning xabar berishicha, MRBga buzib kirish uchun kishining uyiga kirishi shart emas, televizorni oddiy USB-fleshkasi yordamida ham buzib kirish mumkin.
«MRB sizning qurilmalaringizni aeroportlarda, ularni Amazone yoki boshqa bir yerdan xarid qilayotganingizda kuzatib boradi», - deya ma'lum qildi MXA sobiq agenti. «Ular qutini olib, yelimni yumshatish uchun fenni olishadi, so‘ngra uni ochishadi va ichkariga fleshkani joylashtirishadi. Qutini yopib qo‘yishadi va sizning uyingizga jo‘natishadi. Natijada siz buzib kirilgan router, kompyuter yoki televizorni olasiz».
Avvalroq Samsung kompaniyasi Markaziy razvedka boshqarmasi o‘z «aqlli» televizorlaridan josuslik maqsadlarida foydalangani haqida tarqatilgan ma'lumotni tekshirishi haqida xabar bergandik.
Mavzuga oid
23:34 / 18.04.2026
2026 yil birinchi choragidagi eng yaxshi smartfonlar ma’lum qilindi
15:00 / 10.03.2026
Yangi Samsung Galaxy S26 Ultra Global Mobile Awards 2026 da mukofotini qo‘lga kiritdi
21:00 / 25.02.2026
Samsung’dan mobil suratga olishning yangi davri
20:35 / 08.02.2026