Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jurnalist: FQB Tramp vakillari va Rossiya elchisi telefonlarini tinglagan
Associated Press nashrining sobiq jurnalisti Ronald Kessler Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqidagi filmga va AQSh maxsus xizmatlarining telefonlarni tinglash tizimiga izoh berdi.
Kesslerning aytishicha, Donald Tramp odamlari Rossiya elchisi Sergey Kislyak bilan sobiq prezident Barak Obama vakillari kabi uchrashganlar.
"Mutlaq aniqki, maxsus xizmatlar Rossiya elchisi va Tramp vakillari suhbatlarini tinglashgan. Kitobimda tinglash tizimi haqida batafsil yozganman. Men hattoki bu jarayon yuz beradigan ofislarda bo‘lganman, vaholanki avval jurnalistlardan hech biri bunga erisha olmagan", deb so‘zlamoqda jurnalist.
Jurnalistning aytishicha, endilikda Federal qidiruvlar byurosi tinglash uchun telefon tanaffuslarini qo‘llamaydi. Hozirda agentlar tinglashni bepul uyali operatorlar va teleoperatorlar, misol uchun Verizon orqali olib boradilar. Agent operatorga ulangach, u kerakli raqamni teradi va shundan keyin bu raqamdan barcha ma'lumot FQBning mahalliy bo‘limiga kelib tushadi.
"Ular shubhasiz Donald Tramp ofisini, Rossiya elchisidan qo‘ng‘iroqlarni va Tramp jamoasining u bilan boshqa aloqalarini tinglaganlar. Misol uchun, Flinn bilan. Bu esa AQSh qonunchiligiga ko‘ra qonunga ziddir. FQB Rossiya tomondan tinglash olib borilganining isbotini keltirmayapti, chunki ular qanday usul va manbalarni qo‘llashlarini ko‘rsatishni istamayaptilar, bu esa kelajakda bu usullardan foydalanish imkoniyatini yo‘qqa chiqargan bo‘lardi", deb aytmoqda jurnalist.
Kesslerning fikricha, Rossiya nimaiki qilgan bo‘lsin, bu AQShdagi prezidentlik saylovlari borishiga hech qanday ta'sir ko‘rsatmagan. Jurnalistning aytishicha, ovozlarni hisoblash mashinalari bilan ham hech qanday firibgar harakatlar amalga oshirilmagan.
Mavzuga oid
21:58 / 20.02.2026
AQSh Eron qirg‘oqlari yaqinida yirik harbiy guruhni to‘pladi
20:38 / 20.02.2026
AQSh Oliy sudi Tramp tomonidan kiritilgan import bojlarini bekor qildi
18:37 / 20.02.2026
Tramp Mudofaa vazirligiga NUJ haqidagi hujjatlarni oshkor qilishni buyurdi
15:15 / 20.02.2026