Bugungi kunda Özbekiston Respulikasi Prezidentining ilm-fan sohasini jadal rivojlantiriş, modernizatsiyalaştiriş va yuqori malakali ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş böyiça qabul qilgan qaror va farmonlari (2017 yil 16 fevraldagi PF-4958 sonli farmoni va 2017 yil 17 fevraldagi PQ-2789-sonli qarori) mamlakatimizda oliy ta'limdan keyingi ta'lim tizimini sifat jihatdan yangi bosqiçga kötarilişida asos bölib xizmat qiladi. Şuningdek, uşbu sohadagi yangilanişlar Özbekistonda oliy ta'limdan keyingi ta'lim tizimini isloh qiliş, yanada takomillaştiriş hamda turli fan yönalişlari böyiça dunyoning yetakçi ilmiy markazlari faoliyat yurituvçi rivojlangan davlatlarning oliy ta'limdan keyingi ta'lim tizimlari bilan integratsiyalaştirişni nazarda tutadi. Şu örinda yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlaşning xalqaro standartlarga mos bölgan ikki bosqiçli (PhD va fan doktorligi) tizimini yaratilişi biz yoş olimlarlar tomonidan iliq kutib olindi.
Biror ilmiy darajaga da'vogarlik qilişda dissertatsiya işining ilmiy jurnal va konferensiyalarda yoritilişi asosiy talablardan biri sifatida köriladi. Şuning uçun bir qator horijiy ilmiy markazlar va davlatlarda PhD darajasi berilişida ilmiy maqolalarning çop etilişi böyiça talablari soliştirma tarzda örganib çiqildi va ular quyidagi jadvalda keltirilgan (berilgan ma'lumotlar jadval ostida körsatilgan havolalar orqali tekşirilişi mumkin):
| Xorijiy davlat yoki xorijiy ta'lim markazlari | PhD darajasi uçun dissertantga xalqaro naşrlarda ilmiy maqolalar böyiça qöyiladigan talablar |
| Sent Lyuis Vaşington Universiteti (AQŞ) | Dissertantning ilmiy maqolasi bölişligi şart qilib körsatilmagan |
| Konnektikut Universiteti (AQŞ) | Maqola körinişidagi, tahrir qilingan, konferensiya materiallarida çop qilinadigan (yoki qabul qilingan) kamida 3 ta publikatsiya |
| Gyottingen neyrotadqiqot, biofi-zika va molekulyar biotadqiqot oliy maktabi (Germaniya) | Ilmiy maqolalar böyiça qat'iy talablar yöq |











