Vazirlar Mahkamasi tomonidan Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilişiga imkon bergan şart-şaroitlarni muhokama qiliş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

  • jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilişiga imkon bergan şart-şaroitlarni muhokama qilişni taşkil etiş va ötkaziş tartibi;
  • jinoyatlarning turi hamda xususiyatlaridan kelib çiqib, vakillari muhokamada iştirok etişi şart bölgan davlat organlari va taşkilotlar röyxati;
  • sodir etilgan jinoyatlar hamda sudning ayblov hukmi qonuniy kuçga kirgan şaxslar töğrisidagi axborotlarni umumlaştiriş va hisobini yuritiş böyiça işçi organ va uning vazifalari.

Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilişiga imkon bergan şart-şaroitlar muhokamasi:

  • sodir etilgan jinoyat holati böyiça - jinoyat sodir etilgan hududdagi mahallada jinoyat işi qözğatilgan kundan boşlab uç kun içida;
  • jinoyat sodir etgan şaxs böyiça - uning yaşaş joyidagi mahallada sudning qonuniy kuçga kirgan ayblov hukmi içki işlar organlariga kelib tuşgan kundan boşlab uç kun içida ötkaziladi.

Oğir va öta oğir jinoyatlar sabablari va ularning sodir etilişiga imkon bergan şart-şaroitlar muhokamasi Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri darajasidagi sektorlar hamda davlat organlari va taşkilotlar rahbarlari tomonidan jamoatçilik vakillari iştirokida amalga oşiriladi. Unça oğir bölmagan va ijtimoiy xavfi katta bölmagan jinoyatlar - tuman (şahar) darajasidagi sektorlar hamda davlat organlari va taşkilotlar rahbarlari tomonidan jamoatçilik vakillari iştirokida amalga oşiriladi.

Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilişiga imkon bergan şart-şaroitlar muhokamasi jarayonida:

  • sodir etilgan jinoyat holati böyiça jinoyat işi mazmuni;
  • jinoyatga aloqador bölgan şaxslar töğrisidagi ma'lumotlarni oşkor etişga;
  • şaxsning jinoyat sodir etilişida ayblilik masalasini muhokama qilişga;
  • ular muhokamada iştirok etişiga yöl qöyilmaydi.