«Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi» davlat unitar korxonasi 60 yillik tarixga ega bölib, unga 1959 yilda asos solingan. Dastlab Tuproq ekspeditsiyasi sifatida taşkil qilingan. Bugungi kunda korxonada 128 nafar mutaxassis faoliyat yuritmoqda.

Unitar korxonaning asosiy vazifalari - tuproq bilan boğliq nazariy-amaliy tahlillar amalga oşirib, şu asosda tavsiyalar beriş. Xususan:

  • yer resurslaridan istiqbolli foydalaniş böyiça takliflar va rejalar işlab çiqiş, barça turdagi tuproq tadqiqotlarini amalga oşiriş;
  • viloyatlar, tumanlarning tuproq xaritalarini tuziş;
  • qişloq xöjaligi yer maydonlari monitoringi;
  • şörlangan tuproqlar kartogrammalarini tuziş;
  • obi va lalmi yerlar tuproq sifatini baholaş xaritalarini tuziş, agrokimyoviy tekşirişlar ötkaziş va boşqalar.

Unitar korxona direktori Odil Jabborov respublikadagi mavjud ekin yerlaridagi tuproqlar holati, tuproqning işlab çiqariş tizimidagi ahamiyati, uni boyitiş va asraş borasidagi işlar, muammo va kamçiliklar xususida töxtaldi.

«Bugungi kunda Özbekiston tuproqlari 54 ball bonitetga baholanadi. Bu örtaça körsatkiç. Respublikadagi ayrim hududlar - Samarqand, Toşkent viloyatlarida 90-100 balli unumdor yerlarni uçratiş mumkin.

Bizning har bir kiyimimiz va oziq-ovqatimiz tuproqqa boğliq. Undan toza ekologik mahsulot çiqadigan bölsa, soğlomlik ham öz örnida böladi. Tuproqdagi oziq elementlari hozirda faqat fosfor, kaliy va boşqa kimyoviy minerallar bölib qoldi. Paxtali kiyimni oladigan bölsak, şu paxtaning özini oliş uçun ham qança kimyoviy element beriladi, bu esa paxtada özining ta'sirini körsatadi.

Nima uçun tuproqqa alohida e'tibor beriş kerak, nega yerlarimiz şörlanib ketyapti, buning oldi yetarli darajada olinmayapti, degan savollar bugungi kunning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Buni tanqidiy nazardan ötkaziş kerak.

Moldovada FAO yiğilişida qatnaşganimda bir narsa e'tiborimni tortdi, ular faqat ösimlik mahsulotinigina olişar ekan, xolos. Ya'ni makkajöxori bölsa, uning jöxorisi olinadi, qolgan barça narsasi: poyasi böladimi, hatto sötasigaça yerni haydab kömib yuboriladi. Tasavvur qilyapsizmi, mol haydamasdan, yerni yoqib yubormasdan şunçaki tuproqqa qöşib yuborişar ekan. Özi şundoq ham bu yerlar qora tuproq.