Jahon | 23:39 / 17.03.2017
10596
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyevdan mamlakatda siyosiy raqobat yo‘qligi haqida so‘rashdi

Qozog‘iston prezidenti OAV vakillari bilan uchrashuv vaqtida mamlakatda siyosiy raqobat mavjud emasligi to‘g‘risidagi savolga javob berishiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda Tengrinews xabarida yozilgan.

Nazarboyevning ma'lum qilishicha, Qozog‘iston kuchli prezidentlik hokimiyati va siyosiy raqobat mavjud emasligi evaziga yutuqlarga erishgan.

«Bundan 100 foizga foydalandik. Bizning barcha muvaffaqiyatlarimiz aynan shuning evaziga yuzaga kelgan», —degan u. Undan Qozog‘iston birpartiyaviylik hukmronligi va siyosiy raqobatning yo‘qligidan qanday foydalanilgani xususida so‘rashgandi.

«Interfaks» agentligi xabariga ko‘ra, Nazarboyevning hisoblashicha, agar Qozog‘istonda siyosiy raqobatga o‘rin berilganida «bu raqobat bo‘lmasdi, shunchaki mushtlashuvlar bo‘lardi, chunki siyosiy madaniyat yetishmasdi».

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston davlat dasturlari muvaffaqiyat bilan bajarilishi «aynan shu dasturlarni qabul qilishga majburlagan, bajartirgan va natijaga erishgan qattiqqo‘l vertikal siyosat tufaylidir».

Mavzuga oid