Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan 8 sentabr kuni 3 kunlik rasmiy taşrif bilan Qozoğistonga keladi. 9-10 sentabr kunlari Ostonada Islom hamkorlik taşkilotining Fan va texnologiyalar böyiça birinçi sammiti bölib ötişi rejalaştirilgan. Sabah naşrining yozişiça, Turkiya yetakçisi uşbu safari davomida sammit işida ham qatnaşadi va Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uçraşuv ham ötkazadi. 

Davlat rahbarlari 2 sentabr kuni telefon orqali muloqot qilib, ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi ahvoli va istiqbollarini muhokama qilgan hamda turk-qozoq munosabatlarini yanada çuqurlaştiriş böyiça amaliy muloqotni davom ettirişga kelişib olgan edi. 

Xabarlarga köra, Erdöğan Nazarboyev bilan "Fatxullohçilar terrorçilik taşkiloti"ga qarşi kuraş masalasini muhokama qiladi. Erdöğan ötgan yili avgust oyida FeTO bilan aloqador va Qozoğistonda faoliyat yuritayotgan 33 ta maktab röyxatini bergan edi. 

Bundan taşqari, davlat rahbarlari muzokaralarida Myanmadagi inqiroz asosiy mavzulardan biri bölişi aytilmoqda. Bundan taşqari, ikki mamlakat örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yaxşilaş yöllariniham körib çiqişadi. 

Turkiya TIV ma'lumotlariga köra, respublika Qozoğiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritayotgan mamlakatlar orasida 17-örinda. Biroq, 2015 yildan buyon özaro mahsulot ayirboşlaş 2 mlrd dollardan oşmayapti. 2012 yili Anqara va Ostona "Yangi sinegriya" dasturini qabul qilgan, unda yillik mahsulot aylanmasini 10 mlrd dollarga yetkaziş nazarda tutilgan edi. 

Erdöğan va Nazarboyev, şuningdek, 14-15 sentabr kunlari bölib ötadigan Suriya böyiça muzokaralar oldidan Suriya muammosini ham muhokama qilişlari mumkin.