Rossiya “DXR” va “LXR” hujjatlari tan olinishini bekor qilishi mumkin
Moskva “DXR” va “LXR” hujjatlarini tan olish haqidagi qarorni, agarda Kiyev Minsk kelishuvlarini butunlay bajarsa, bekor qilishi mumkin. Bu haqda Rossiyaning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotidagi doimiy vakili Aleksandr Lukashevich ma'lum qildi.
Xususan, Kiyev jazo amaliyotini bekor qilishi, qurollarni olib ketishi, Donbassning alohida maqomi belgilab qo‘yilgan konstitutsiyaviy islohotni o‘tkazishi, mahalliy saylovlarni tan olishi va ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarni to‘la tiklanishiga oid bandni bajarishi kerak, deya eslatib o‘tdi Lukashevich YeXHT doimiy kengashi yig‘ilishida.
Shu bilan birga, Rossiya vakilining ta'kidlashicha, joriy haftada Ukraina hukumati tomonidan Donbass bilan transport qatnovini to‘sib qo‘yish haqida qabul qilingan qaror sog‘lom fikr emas va Minsk kelishuvlariga ziddir.
Ma'lumot uchun, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning Donetsk va Lugansk viloyatlari alohida tumanlari hududida yashovchi Ukraina fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga berilgan hujjatlarni ushbu tumanlardagi vaziyat siyosiy jihatdan hal etilmagunga qadar Rossiyada tan olish haqidagi farmonga imzo chekdi.
Mavzuga oid
11:10
Berbok: GFR Ukrainaga qishki yordam uchun yana 200 mln yevro o‘tkazadi
13:10 / 04.11.2024
Taybey: Tayvanlik ikkinchi ko‘ngilli Ukraina uchun janglarda halok bo‘ldi
09:50 / 04.11.2024
Turkiya TIV rahbari: Ukraina yaxlitligi tinchlikning shartidir
22:10 / 03.11.2024