Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronning sobiq prezidenti qizi ikkinchi marotaba ozodlikdan mahrum etildi
Foto:Fotolia/ Emanuele Mazzoni
Eronning sobiq prezidenti Ali Akbar Hoshimi Rafsanjoniyning qizi Fayoza Hoshimi hukumatga qarshi tashviqoti uchun ikkinchi marta ozodlikdan mahram etildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Fayoza 2012 yilda 6 oylik qamoq jazosiga mahkum qilingandi. Bundan tashqari unga Eronning siyosiy va madaniy hayotida ishtirok etishga hamda "OAVda faollik namoyon qilishga" 5 yillik taqiqlov qo‘yilgandi.
"Fayoza Hoshimi sud va qo‘riqlash tizimi haqidagi tanqidiy tanbehlari uchun yana 6 oylik qamoq jazosi oldi", deb ma'lum qilindi xabarda.
Ali Akbar Hoshimi Rafsanjoniy Eronni 1989 yildan 1997 yilgacha boshqargan. 2005 yilda u yana bir marotaba prezidentlik uchun kurashgan, biroq o‘zining raqibi Mahmud Ahmadinajodga imkoniyatni boy bergan. Rafsanjoniy ma'lum vaqt Eronning amaldagi hukumatiga tavsiyalar beruvchi davlat organi hisoblangan Qabul qilinayotgan qarorlarning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha kengashga boshchilik qilgan, biroq 2011 yilda u bu lavozimidan mahrum bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:49 / 19.02.2026
AQSh Eron yaqinida qo‘shin to‘plamoqda. Urush xavfi oshdi
11:53 / 19.02.2026
O‘zbekistonga arab xurmosini eng ko‘p Eron yetkazib berdi
10:15 / 19.02.2026
OAV: AQSh 21 fevraldayoq Eronga zarbalar berishga tayyor
12:17 / 18.02.2026