Jahon | 09:35 / 18.03.2017
5869
1 daqiqa o‘qiladi

Estoniyaga NATO batalonining 130 nafar xizmatchisi yetib keldi

Estoniyaga Buyuk Britaniyaning 130 nafar harbiy xizmatchisi yetib keldi. Ular NATOning ushbu Boltiqbo‘yi respublikasidagi ko‘p millatli bataloni tarkibiga kiradi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi. Bu haqda respublika mudofaa kuchlari ma'lum qilgan. 

Ta'kidlanishicha, harbiy xizmatchilarni olib kelgan samolyot Emari aerodromiga qo‘ngan. Ularni Estoniya mudofaa vaziri Margus Tsaxkna qarshi olgan.

«Buyuk Britaniya, Fransiya va Daniya harbiylarining batalondagi ishtiroki alyans birligining yaqqol timsolidir», — degan u.

Xabarlarga ko‘ra, 20 mart kuni Estoniyaga Fransiyaning yana 50 nafar harbiy askari yetib keladi. Ular ham mazkur batalon tarkibiga kirishi belgilangan. 

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg tashkilotning jangovar guruhlari Boltiqbo‘yi va Polshada iyun oyigacha to‘liq shakllantirilishini aytgan edi. 

Mavzuga oid