Jahon | 16:48 / 18.03.2017
16602
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev Qirg‘iziston va Ukrainadagi davlat to‘ntarishlari haqida nima dedi?

Akorda Nursulton Nazarboyevning mahalliy OAVga bergan intervyusi videosini taqdim etdi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.

Nazarboyev uchrashuv davomida jurnalistlarga Bishimboyev va Nuraboyevning ishlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek u Yevropa Ittifoqidagi inqiroz haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bundan tashqari, davlat rahbari Qirg‘iziston va Ukrainadagi davlat to‘ntarishlari haqida to‘xtalib o‘tgan. 

Mamlakat konstitutsiyasiga kiritilgan tuzatishlar haqida gapirar ekan, Nazarboyev jamiyatda katta bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan 26-moddaga tuzatishlar masalasi haqida ham gapirdi. 

Prezidentning ta'kidlashicha, sarmoyadorlar ular mablag‘ yo‘naltirgan mamlakatning qonuni bilan himoyalangan bo‘lishi kerak. 

Bundan tashqari, Nursulton Nazarboyev bir qator lavozim tayinlovlari haqida ham o‘z pozitsiyasini bildirdi.

Qozog‘iston prezidentining fikricha, Qirg‘iziston rahbari Almazbek Atamboyevning gaplari qozoq va qirg‘iz birodar xalqlari o‘zaro munosabatlariga ta'sir ko‘rsatmaydi. 

Jurnalistlarning hokimiyatning meros bo‘lib o‘tishi haqidagi savoliga prezident Tetcher va Cherchillning so‘zlaridan iqtibos keltirdi.

Quyida intervyu videosini tomosha qilishingiz mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid