Jamiyat | 23:57 / 19.03.2017
7200
1 daqiqa o‘qiladi

Moskva viloyatida 3 yoshli qiz o‘zini quroldan yaraladi

Moskva viloyatida 3 yoshli qiz ota-onasining pnevmatik qurolini o‘ynayotib, o‘zining qorniga tasodifan o‘q uzgan, deb xabar bermoqda "Moskva" yangiliklar agentligi. 

Qiz Domodedovo tumanidagi shifoxonlardan biriga 19 mart kuni kunduzgi payt olib kelingan. Shifokorlar bu haqda huquq-tartibot idoralariga ma'lum qilishgan. Hozirda qizchaga barcha zaruriy yordam ko‘rsatilmoqda. 

Tergovchilar voqea sabablari va tafsilotlarini o‘rganishmoqda. "Salomatlikka ehtiyotsizlik tufayli og‘ir ziyon yetkazish, qurol-aslaha va o‘q-dorilarni noqonuniy sotib olish va saqlash" moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid