Fan-texnika | 18:42 / 20.03.2017
5418
2 daqiqa o‘qiladi

Apple smartfonni joylash mumkin bo‘lgan virtual reallik moslamasiga patent oldi

AQShning patentlar va savdo belgilari bo‘yicha agentligi (USPTO) Apple kompaniyasiga boshga kiyiladigan jihoz uchun patent berdi.Unda ekran vazifasini maxsus joyga qo‘yiladigan smartfon bajaradi. Qurilmaning texnologiyasi va maqsadiga oydinlik kirituvchi hujjat matni 14 mart kuni USPTO saytida e'lon qilingan. Aytish joizki, Samsung va Google ham ayni turdagi qurilmalarni ishlab chiqaradi.

Google kompaniyasining Daydream View virtual reallik ko‘zoynagi

Apple patent arizasidagi chizmadan namuna

Patentga ilova qilingan chizmada qurilma klassik ko‘zoynakka o‘xshab ketsa-da, hujjat matnida uning yakuniy ko‘rinishi boshqacha ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkinligi rad etilmagan. 

Patentga ko‘ra, bu jihoz bir nechta elektron boshqaruv elementlariga ega bo‘ladi. Xususan, analog tugmalar va aylantirgich, tezlashtirgich va sensor ekran shular jumlasidan. 

Aslida, Apple patent olgan qurilmaga o‘xshash jihozlar allaqachon elektronika bozorida mavjud. Ular virtual reallikning eng keng tarqalgan qurilmalarihisoblanadi. Masalan, Samsung Gear VR, Google Daydream View ko‘zoynalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. 

Avvalroq, Bloomberg agentligi o‘z manbalariga asoslangan holda, Apple bir nechta qo‘shimcha va virtual reallik jihozlari ustida ishlayotgani haqida xabar qilgan edi. 

Mavzuga oid