Sport | 18:57 / 20.03.2017
7077
1 daqiqa o‘qiladi

Vitaliy Denisov O‘zbekiston terma jamoasiga yordam bera olmaydi

Moskvaning «Lokomotiv» va O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov terma jamoaning JCh saralash bosqichi doirasida bo‘lajak ikki o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

Denisov Rossiya premer-ligasining 20-turidan o‘rin olgan «Spartak»ka qarshi uchrashuvda (1:1) jarohat olgandi. Moskva klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan futbolchi yaqin ikki hafta mobaynida maydonga tusha olmasligi aniq bo‘ldi.

Endilikda Denisov O‘zbekiston terma jamoasining Suriya va Qatar terma jamoalariga qarshi uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradi.

Mavzuga oid