Vitaliy Denisov Rossiyada o‘ziga yangi klub topdi
O‘zbekiston milliy jamoasiga nomzod futbolchi Vitaliy Denisov o‘ziga yangi jamoa topdi.

2020/21 yilgi mavsumni Rossiya Birinchi ligasining «Tom» klubida o‘tkazgan o‘zbekistonlik 34 yoshli himoyachi mavsum yakunlangach, jamoani tark etgandi.
Kaliningrad shahrining «Baltika» klubi rasmiy sayti xabariga ko‘ra, Denisov klub bilan «1+1» ko‘rinishida shartnoma imzolagan.
Avvalroq, «Tom» bosh murabbiyi Aleksandr Kerjakov jamoani tark etgach, Vitaliy Denisov ham klub bilan xayrlashgani haqida xabar berilgandi.
Ma'lumot uchun, Vitaliy Rossiya Birinchi ligasi joriy mavsumida 23 o‘yinda maydonga tushdi. «Tom» 22 klub orasida 18-o‘rinni egallab, ligadagi o‘rnini saqlay olmadi.
«Baltika» Rossiya Birinchi ligasi joriy mavsumini 5-o‘rinda yakunlagan.
Mavzuga oid

14:10 / 20.09.2020
Vitaliy Denisov rasman «Tom» futbolchisiga aylandi

21:00 / 18.06.2020
«Rotor» Vitaliy Denisov bilan xayrlashganligini e'lon qildi

13:58 / 14.01.2020
Vitaliy Denisov Rossiyaning quyi ligasi jamoasiga o‘tdi. U endi Shatskix bilan ishlaydi

15:36 / 11.01.2020