Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zerikib qolgan to‘rt yoshli qizcha bir soatga yaqin jandarm bilan gaplashib o‘tirdi
Fransiyaning Bove shahrida to‘rt yoshli qizcha zerikkani tufayli tezkor xizmatlarga qo‘ng‘iroq qildi hamda ularning xodimi bilan telefon orqali gaplashib o‘tirdi. Bu haqda Uaza jandarmeriya departamentining Facebook’dagi sahifasida xabar berildi.
Qizcha 17 mart kuni uyda yolg‘iz qolgan hamda zerikkani tufayli “17” tez chaqirish raqamini tergan. Unga javob bergan jandarm qizchaning onasi do‘kondan kelguniga qadar – 45 daqiqa davomida u bilan suhbatlashib o‘tirgan.
Aniqlik kiritilishicha, jajji qizcha juda qiziquvchan bo‘lib chiqqan va ko‘plab savollarni bergan. Shu bilan birga, uning onasi qizi jandarm bilan telefonda uzoq vaqt gaplashayotganidan hayratga tushdi.
Keyinchalik ularning uyiga patrul ham yetib keldi. Huquq-tartibot idorasi xodimlari qizchaning hayotiga hech nima xavf solmayotganiga ishonch hosil qilishmoqchi bo‘lgan. Ular “mehribon” onaga bolani hattoki qisqa vaqtga qadar ham yolg‘iz qoldirib bo‘lmasligini eslatishdi.
Jandarmlarning so‘zlariga ko‘ra, qizchaga suhbat yoqib qolgan va u bilan muloqot qilgan xodimni tug‘ilgan kuniga taklif etdi.
Mavzuga oid
07:29 / 04.02.2026
Atom aviatashuvchilariga ega davlatlar: jahon xaritasi
10:17 / 03.02.2026
Mudofaa xarajatlari oshadi: Fransiyada 2026 yil budjeti qabul qilindi
13:21 / 31.01.2026
Fransiya Rossiyaning “yashirin floti” tankerini qo‘yib yuboradi
10:10 / 29.01.2026