Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya 6 ta davlatdan keluvchi aviareyslarga gadjyetlar olib chiqishni taqiqladi
Buyuk Britaniya Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaning 6 ta davlatidan keluvchi yo‘lovchi aviareyslariga qo‘l yukida elektron qurilmalar olib o‘tishga taqiqlov kiritishini e'lon qildi. Bu haqda "Bi-bi-si" telekanali xabar bermoqda.
Taqiqlov noutbuk, planshet, DVD-pleyer va muayyan o‘lchamdan kattaroq telefonlarga kiritilgan. Ta'kidlanishicha, ushbu taqiqlov avvalroq AQShda kiritilgan taqiqlovga o‘xshashdir.
Buyuk Britaniya hukumati saytida ma'lum qilinishicha, taqiqlov Turkiya, Livan, Misr, Saudiya Arabistoni, Iordaniya va Tunisdan keluvchi aviareyslarga nisbatan kiritilgan. Qo‘l yukida olib o‘tish mumkin bo‘lgan elektron qurilmalar o‘lchamlari uzunligiga 16 sm, eniga 9,3 sm va bo‘yiga 1,5 sm dan katta bo‘lmasligi kerak.
Mavzuga oid
19:09 / 14.07.2026
Elektromobillarda eng ko‘p uchraydigan nosozliklar ma’lum qilindi
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026