Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Porsche har bir sotilgan mashinasidan qancha foyda olishini bilasizmi?
Foto:motor.ru
Porsche kompaniyasi har bir sotilgan mashinasidan o‘rtacha 16387 yevro ishlab topadi. Bu raqamni Bloomberg axborot agentligi keltirgan. Agentlik avtomobil markasining 2016 yilda olgan operatsion daromadini (3,9 mlrd dollar) sotgan mashinalari miqdoriga (238 ming dona) bo‘lib shu raqamni olgan.
Bloomberg’ning hisob-kitoblariga ko‘ra, Daimler va BMW kompaniyalari har bir sotilgan mashinasidan o‘rtacha 4650 yevro, Ferrari esa 83 700 yevro oladi.
Biroq Ferrari holatida bir mashinadan olinadigan daromadga turli aksessuarlar va dvigatellar sotishdan hamda firmaga tegishli ko‘ngilochar bog‘lardan olinadigan daromadlar katta ta'sir ko‘rsatadi. Bu daromadlar kompaniya biznesining 30 foizga yaqinini tashkil qiladi. Ferrari yiliga o‘rtacha 8 ming dona mashina sotadi.
Yana Porsche’ga qaytsak. Kompaniya oxirgi 3 yil ichida ishlab chiqaradigan avtomobillar yillik hajmini 47 foizga oshirgan. Bunda Macan ixcham krossoveri ulushiga sotilgan umumiy avtomobillarning 40 foizi to‘g‘ri kelgan.
Kompaniyaning 2016 yildagi daromadi 2015 yilga nisbatan 14 foizga, mashinalar sotishdan olgan o‘rtacha daromadi esa 9 foizga oshgan.
Mavzuga oid
16:45 / 13.03.2026
Yaqin Sharqdagi urushning «soyadagi g‘olibi». Rossiya neftdan kuniga yuz millionlab dollar qo‘shimcha daromad olyapti
07:58 / 07.03.2026
BMW urib ketgan YPX xodimi ishi: avariya tasvirlari paydo bo‘ldi
13:14 / 05.03.2026
“Bu – qonunchilikni qayta ko‘rib chiqish uchun jiddiy signal” – BMW YPX xodimini urib ketishi voqeasi haqida suhbat
08:49 / 28.02.2026