O‘zbekiston | 13:57 / 22.03.2017
6639
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident O‘zbekistonda Fransiya taraqqiyot agentligi faoliyati yo‘lga qo‘yilishi bo‘yicha bitimni tasdiqladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Fransiya Respublikasi hukumati o‘rtasidagi Fransiya taraqqiyot agentligi (FAR) va uning sho‘'ba tashkiloti bo‘lmish «Iqtisodiy hamkorlik uchun ko‘maklashish va ishtirok etish jamiyati»ni (PROPARKO) ta'sis etish va ularning faoliyati to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi. Bu haqda UzDaily xabar bergan.

O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi mazkur bitim 2016 yilning 8 dekabrida Germaniyaning Hamburg shahrida imzolangandi.

O‘zbekiston rahbari Tashqi ishlar vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro kelishuv kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki protseduralar bajarilishi bo‘yicha xatni depozitariyga yuborishni yuklagan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasiga  tegishli vazirlik va boshqarmalar rahbarlari bilan birgalikda imzolangan bitim kuchga kirganidan so‘ng O‘zbekiston tomonining xalqaro bitim doirasidagi majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish vazifasi yuklatilgan.

Fransiya taraqqiyot agentligining O‘zbekistonda faoliyat olib borishni rejalashtirgani to‘g‘risida ilk bor 2011 yilda xabar qilingan, shundan so‘ng muzokaralar olib borish uchun agentlik missiyasi tashrif buyurgan edi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid