Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari bozorida bitimlarni amalga oshirish tartibi tasdiqlandi
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrug‘i bilan “Qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari uyushgan bozorida oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlandi.
Nizom qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari uyushgan bozorida aksiyalar, korporativ, infratuzilmaviy obligatsiyalar va hosilaviy qimmatli qog‘ozlarning muomalada bo‘lish tartibini belgilaydi.
Birjadan tashqari savdo tizimi (BsT) – qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan tashkil etiladigan, qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotish buyurtmalarini yig‘ish hamda bajarilishini ta’minlaydigan birjadan tashqari elektron savdo tizimi.
Qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari uyushgan bozorida qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlarni tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazish elektron shaklda amalga oshiriladi.
Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi o‘z mijozlariga quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi:
- yuridik va jismoniy shaxslardan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotishga buyurtmalarni qabul qilish;
- qimmatli qog‘ozlar savdosini tashkil etish;
- qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan mulk huquqlarini o‘tkazishni rasmiylashtirish;
- qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish;
- BsTda muomalada bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar kotirovkasi haqida ma’lumot berish;
- qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlar bo‘yicha o‘zaro majburiyatlarni aniqlash va hisobga olish (kliring).
Hujjatda quyidagilar belgilangan:
- mijozlarni BsTda ro‘yxatdan o‘tkazish, mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati faoliyati, qimmatli qog‘ozlar savdosini tashkil etish tartiblari;
- birjadan tashqari savdo tashkilotchisi va mijozning huquq va majburiyatlari;
- birjadan tashqari treyderlarning javobgarligi va hisoboti.
Mavzuga oid
22:24 / 07.04.2026
Birjadagi oxirgi 2 savdo sessiyasida dizel narxi 17,5 foizga qimmatlashdi
14:47 / 24.03.2026
Trampning neft narxini qulatgan bayonoti arafasida birjada shubhali bitimlar amalga oshirildi
20:28 / 15.12.2025
O‘zbekistonda chet el kompaniyalarining aksiyalari savdosiga ruxsat berilishi mumkin
12:26 / 26.05.2025