Sport | 20:50 / 23.03.2017
18471
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning eng kuchli bokschilaridan iborat jamoa qirol kubogida ishtirok etadi

3-9 aprel kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida "Qirol kubogi-2017" xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining asosiy tarkib bokschilari ishtirok etadi.

Murabbiylar musobaqaga Hasanboy Do‘smatov, Shahobiddin Zoirov,  Shahram G‘iyosov, Murodjon Ahmadaliyev, Elnur Abduraimov, Isroil Madrimov, Jasur Latipovni jalb qilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid