Fortinet kompaniyasi ekspertlari Microsoft Word hujjatlarida Windows va macOS operatsion tizimlariga hujum qiliş imkonini beruvçi zararli makrosni aniqlaşdi. Mutaxassislar mazkur mexanizm haqida öz saytlarida ma'lum qilişdi.
Manbaga köra, makros Python tilida yozilgan skriptga ega. U kompyuterning operatsion tizimini aniqlaydi, keyin esa ziyon yetkazuvçi ilovaning ikki versiyasidan birini zararli serverlardan yuklaydi. Mutaxassislar xakerlik dasturining maqsadiga oydinlik kirita olişmadi, çunki uni boşqaruvçi server öçirilgan edi.
20 mart, duşanba kuni Pwn2Own 2017 xakerlar musobaqasi iştirokçilari yuzlab tomoşabinlarning köz oldida Microsoft Windows va Apple MacOS operatsion tizimlarini buzib kirişdi.
MacOS tizimi yadroda böşliqni aniqlab, maxfiy ma'lumotga kiriş imkoniga ega bölgan Qihoo360 jamoasi tomonidan buzib kirildi. Windows operatsion tizimi esa 360 Security va Team Sniper jamoalari mutaxassislari buzib kirişdi.











