Sport | 12:35 / 24.03.2017
5779
2 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» 3 haftadan buyon Isko bilan muzokara olib bormoqda

FIFA agenti Xota Xordi «Barselona» va «Real» yarim himoyachisi Iskoning vakillari o‘rtasida aloqalar o‘rnatilgani haqidagi xabarni tasdiqlagan. Futbolchi 2018 yilning iyunida muddati tugaydigan shartnomasini uzaytirmayapti va shu yilning yozida boshqa jamoaga o‘tib ketish istagida.

«Barselona» rahbariyati Iskoning o‘zi bilan ham muzokaralar o‘tkazgan. U hamisha «Barsa» safida o‘ynashni istagan va endi unda bu istagini amalga oshirish imkoniyati yuzaga kelmoqda. Ammo bu transferning amalga oshishi qiyin kechishi mumkin», – degan agent.

El Chiringuito telekanali boshlovchisi Xosep Pedrerolning so‘zlariga ko‘ra futbolchi va kataloniyaliklar o‘rtasidagi muzokaralar boshlanganiga 20 kun bo‘lgan.

«Isko «Barselona»da unga ko‘proq o‘yin amaliyoti taqdim etilishiga ishonch bildirmoqda», – degan Pedrerol.

Bundan oldingi xabarlarda «Barselona» Iskoga u 5 yillik shartnoma tuzishga rozi bo‘lishi uchun 20 million yevroni bonus sifatida to‘lashga tayyorligi aytilgandi.

Ushbu futbolchi uchun «Yuventus» ham da'vogar bo‘lib turibdi.

Ispaniya chempionatining 22 uchrashuvida maydonga tushgan Isko 6 gol urdi va 5 golga uzatma berdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid