Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya bosh vazirining terakt kuni xavfsiz joyga ko‘chirilishi tasvirlangan kadrlar taqdim etildi
The Sun gazetasi tomonidan Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Londonda terakt yuz berganidan so‘ng qaysi mashinada xavfsiz joyga ko‘chirilish borasida biroz tushunmovchilikka duch kelgani tasvirlangan videoni taqdim etdi. Yozuv 22 mart kuni Britaniya parlamenti binosi ichida olingan. Britaniya bosh vaziri terakt yuz bergan paytda parlamentda bo‘lgan.
Video Vestminster saroyi ichki hovlisidagi kadrlar bilan boshlanadi, keyinchalik uch bora o‘q tovushi eshitilgan. Bir necha soniyadan so‘ng esa Mey paydo bo‘lgan. Bosh vazir kumush rangdagi Jaguar XJ xizmat mashinasi yonidan o‘tib ketgan hamda qo‘riqlash xizmatining Land Rover avtomobili tomon harakatlangan.
Unga hamrohlik qilgan tan soqchilar bu xato ekanini bildirishganidan so‘ng Mey o‘z mashinasiga yaqinlashdi, biroq u yopiq ekani ma'lum bo‘lgan. Kalit qidirishga esa taxminan besh soniya vaqt talab etilgan, shundan keyin u mashinaga o‘tirib, ketib qolgan.
Shuni alohida ta'kidlab o‘tish joizki, bularning bari pichoqlar bilan qurollangan terrorchi yo‘q qilingan joydan 100 metr masofada ro‘y bergan. Gazeta xavfsizlik xizmati yaxshi ishlamagani, bosh vazir xavfsizligi esa tahdid ostida qolishidan tashvishda ekanini bildirgan.
Terakt Londondagi eng mashhur joylardan birida ro‘y berdi: Vestminster ko‘prigi bo‘ylab harakatlanayotgan mashina yo‘l chetiga chiqib ketib, bir necha kishini bosib ketgan, parlament binosiga qadar borganidan so‘ng esa jinoyatchi politsiya tomonidan to‘xtatilgan. U politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi, og‘ir jarohatlangan huquq-tartibot idorasi vakili halok bo‘lgan. Hodisa tufayli to‘rt kishi halok bo‘ldi,
Mavzuga oid
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44 / 08.06.2026
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026