Jahon | 16:19 / 25.03.2017
6051
3 daqiqa o‘qiladi

YeIning 27 davlati rahbarlari ittifoqning Buyuk Britaniyasiz kelajagi bo‘yicha Rim deklaratsiyasini imzolashdi

Foto: RIA "Novosti"

Yevropa ittifoqining 27 davlati yetakchilari hamjamiyatning Buyuk Britaniyasiz kelajagi bo‘yicha Rim deklaratsiyasini imzolashdi. Hujjatning tantanali imzolanish marosimi Rimdagi Kapitoliy tepaligida bo‘lib o‘tdi, u yerda Rim shartnomasining 60 yilligi munosabati bilan YeI yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Deklaratsiya Buyuk Britaniyaning Yevropa ittifoqidan chiqish jarayoni ishga tushirilishi avvalida imzolandi.

Ta'kidlanishicha, Polsha bosh vaziri Beata Shidlo imzolash vaqtida ruchkani hujjat ustiga yaqinlashtirib, bir necha soniyaga to‘xtab qolgan. U imzo qo‘yganidan so‘ng esa qo‘llarini turli tomonga tashlab, kulimsiragan.

Hujjat Yevropa kelajagining barcha sohalardagi ko‘rinishini o‘z ichiga qamrab olgan. Fransiya prezidenti ma'muriyatining xabar berishicha, unda yevropaliklarning so‘nggi 60 yil davomidagi yutuqlari ham (jumladan tinchlik, farovonlik, Yevropa ijtimoiy modeli), YeI oldida turgan chaqiriqlar ham, - populizmning o‘sishi, Yevropa institutlaridan norozilik va terrorchilik xavfi bor.

Deklaratsiyada Brexit fonida qolgan davlatlarning yanada birlashishga bo‘lgan intilishi aks ettirilgan.

"Biz Yevropa ittifoqini yanada ko‘proq birlashish hamda umumiy qoidalarga rioya etish orqali kuchliroq qilamiz", - deya ma'lum qilishgan davlat rahbarlari.

Yevropa ittifoqi yetakchilarining fikricha, xavfsizlik va himoya, farovonlik hamda iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy siyosat va xalqaro arenadagi kuchli pozitsiyalar kelajakda eng ustuvor vazifalar bo‘lib qoladi.

Shu bilan birga, YeI Yevropa pozitsiyasini yangi sheriklikni tashkil qilib hamda “Yaqin Sharq, Afrika va butun dunyoda” barqarorlik hamda farovonlikka ko‘mak berish orqali kuchaytirish niyatida.

Yevropa yetakchilari mudofaa va xavfsizlikni NATO bilan sherikchilikda mustahkamlash niyatidalar, biroq Ittifoqqa a'zo-davlatlarning alohida jihatlari e'tiborga olinadi.

Imzolash marosimi konservatorlar Saroyining Goratsiylar hamda Kuriatsiylar zalida bo‘lib o‘tdi – aynan shu yerda, 1957 yilning 25 mart kuni Yevropa iqtisodiy hamjamiyatini tashkil etish haqida kelishuv imzolangan.

Mavzuga oid