Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh kompaniyalari YouTube sahifalaridagi reklamalardan voz kechmoqda
Amerikaning salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchi Pepsi xoldingi, mamlakatning eng yirik chakana savdo tarmog‘i – Walmart kompaniyasi va mashhur Starbucks qahvaxonalar tarmog‘i YouTube videoxizmatida reklamalar joylashtirmaslik aksiyasiga qo‘shilganlarini e'lon qilishdi. Bunga ekstremistlarga doir videolavhalar bilan bog‘liq mojarolar sabab bo‘ldi.
"Biz ayrim reklama roliklarimiz zo‘ravonlik va ko‘rolmaslik kabilarni targ‘ib qiluvchi videolar orasida namoyish etilganidan afsusdamiz", - deyiladi Pepsi xabarida. Unda aytilishicha, bu kompaniyaning "asosiy qadriyatlariga ziddir".
"Bizlarni biriktirib qo‘ygan lavhalar dahshatlidir va kompaniya obro‘siga mos kelmaydi", - deb ta'kidlashgan Walmart kompaniyasida.
Starbucks ham vaqtincha YouTube saytida reklama joylashtirishdan bosh tortishini ma'lum qildi.
Avvalroq, bir necha kompaniyalarning YouTube saytidagi reklama roliklari ekstremist kayfiyatdagi lavhalar bilan birga namoyish etilgani haqida shov-shuvli xabarlar paydo bo‘ldi. Shundan so‘ng, bir necha yirik kompaniyalar Google internet-gigantiga tegishli YouTube sayti bilan bu borada hamkorlik qilishdan bosh tortdi.
Ular orasida Amerikaning Verizon va AT&T telekommunikatsiya kompaniyalari, kosmetika va tibbiy anjomlar ishlab chiqaruvchi Johnson & Johnson, shuningdek, Buyuk Britaniyaning Royal Bank of Scotland, HSBC va Lloyds banklari bor.
Google, o‘z navbatida, reklama qanday joylashtirilishi bo‘yicha nazoratni kuchaytirish borasida qo‘shimcha choralar ko‘rilishiga va'da berdi.
Mavzuga oid
22:54 / 24.12.2025
Rossiya Ukraina bo‘yicha 20 banddan iborat tinchlik rejasini rad etdi
15:25 / 24.12.2025
1 yanvardan AQSh fuqarolari O‘zbekistonga 30 kunga vizasiz kirishi mumkin bo‘ladi
09:40 / 24.12.2025
AQSh iqtisodiyoti 4,3 foizga o‘sib, prognozlardan oshdi
21:50 / 23.12.2025