Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning muzlatilgan hisob raqamlaridagi mablag‘lardan faqat Qo‘shma Shtatlardan oziq-ovqat va dori-darmon sotib olish uchun foydalanish mumkinligini ma’lum qildi.
Bu bilan u tinchlik muzokaralari borasidagi xavotirlarni bartaraf etishga harakat qildi, deb yozdi Bloomberg.
«Blokdan chiqarilgan milliardlab dollar mablag‘ AQSh nazorat qiladigan eskrou hisobiga tushadi va Amerikaning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari - soya, makkajo‘xori va bug‘doyni sotib olishga sarflanadi», deb yozdi Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Tramp, shuningdek, yadroviy dastur bo‘yicha parallel muzokaralar doirasida Tehron «uzoq yillar davomida eng yuqori darajadagi tekshiruvlar»ga rozi bo‘lganini ma’lum qildi - bu deyarli to‘rt oylik urushni tugatish va Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochiq qoldirish bo‘yicha sa’y-harakatlarning markaziy nuqtalaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Baqoiy Trampning har ikki bayonotini rad etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron bu mablag‘larni faqat AQShdan xaridlar uchun emas, balki «erkin, o‘zi xohlagan usulda» ishlatadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron tomoni XAEA bosh direktori bilan uchrashmagan va agentlikni o‘z yadroviy obektlariga kiritishni rejalashtirmayapti.
Mehr agentligining Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kozim G‘aribobodiyga tayanib xabar berishicha, gap Eronning 12 milliard dollarlik aktivlarini ikkita teng transhda blokdan chiqarish haqida ketmoqda. Vashington Tehron oladigan aniq summani hali tasdiqlamadi.