Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden: AQSh prezidenti bo‘lishga ko‘proq men loyiq edim
AQShning sobiq vitse-prezidenti Jo Baydenning fikricha, agar u AQSh prezidenti saylovlarida ishtirok etganda Donald Trampni mag‘lub etgan bo‘lardi. Bu haqda The Hill nashri xabar bermoqda.
"Men prezidentlikka nomzodimni qo‘yishni rejalashtirgandim va o‘tgan praymeriz juda og‘ir bo‘lgan bo‘lsa ham, men uni yutishim mumkin edi", deb aytdi Bayden Nyu-York shtatidagi Gamilton shahrida joylashgan Kolgeyt universitetidagi nutqida.
Uning aytishicha, agar Demokratlar partiyasi uning nomzodini ilgari surganda unda saylovlarda yutish uchun yetarlicha asos bor edi.
"Men prezident emasligimdan afsusdamanmi? Ha. Men bu lavozimga hammadan ham loyiqroq edim", deb aytgan Bayden.
Bayden kasalmand bo‘lgan va keyinchalik saratondan vafot etgan o‘g‘li Bo bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish zaruriyati sababli prezidentlik saylovlarida ishtirok etmaslikka qaror qilgandi.
Mavzuga oid
18:49 / 05.01.2026
Bayden AQSh sobiq prezidentlari orasida eng yuqori pensiyani olishi aniqlandi
20:18 / 18.12.2025
Oq uyda Obama va Baydenni mazax qiluvchi lavhalar o‘rnatildi
16:40 / 18.12.2025
«Yevropalik cho‘chqachalar qulashimizdan umid qilgan» - Putin Bayden ma’muriyati va yevropaliklarni urushni boshlashda aybladi
18:10 / 29.11.2025