17 dekabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligining yillik yiğilişida nutq sözlagan Vladimir Putin Kiyev va Yevropa tinçlik muzokaralarga kirişmasa, kuç işlatiş orqali köproq hududlarni egallaşini aytdi.

Putin Rossiya armiyasi barça yönalişlarda oldinga siljiyotganini va öz maqsadlariga kuç bilan yoki diplomatiya orqali erişişini bildirdi.

«Agar qarşi tomon va ularning xorijdagi homiylari mazmunli muzokaralarga kirişişni rad etsa, Rossiya özining tarixiy yerlarini harbiy yöl bilan ozod qiladi», — dedi Putin.

Moskva talqiniga köra, bartaraf qilinişi kerak bölgan bir neça «ildiz sabablar» bor. Euronewsʼning yozişiça, ular qatoriga Ukrainaning Yevropa Ittifoqi va NATOga qöşiliş istaklari, şuningdek, NATOning şarqqa kengaymaslik böyiça majburiyatlarni buzişi, Kiyevning etnik ruslarni göyoki kamsitişi va «Ukrainani denatsifikatsiya qiliş» deb ataydigan narsa kiradi.

Bundan taşqari, Putin AQŞning sobiq prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Rossiyani yöq qilişga uringanini, yevropalik siyosatçilar ham xuddi şu maqsadni közlaganini aytdi.

«AQŞning avvalgi ma’muriyati vaziyatni ongli ravişda qurolli töqnaşuvga olib kelgan. Nazarimda, buning sababi ham tuşunarli. Hamma qisqa vaqt içida Rossiyani barbod qiliş, parçalab yuboriş mumkin deb öylagan. «Yevropalik çöçqaçalar» esa darhol AQŞning avvalgi ma’muriyatining bu işiga qöşilib, mamlakatimiz qulaşidan foyda körişga umid qilgan.

Oldingi tarixiy davrlarda yöqotilgan nimanidir qaytarib oliş va revanş olişga urinişgan. Endi barçaga ayon böldiki, Rossiyaga qarşi qaratilgan bu urinişlarning barçasi, bu buzğunçi rejalarining barçasi töliq barbod böldi, mutlaqo barbod böldi», degan Putin.