Şayx Muhammadjon mullo Rustam öğli 1310 hijriy — 1892 milodiy yilda Qöqon muzofotiga qaraşli Xoja Muhammad Valiy qabristoniga yaqin Çorboğ qişloğida ma'rifatli xonadonda tuğilgan. Yoşlikdan ilmga iştiyoqi baland bölgani bois, ön tört yoşida savodxon va hofizi Qur'on bölib yetişgan. U Qöqon va Buxoro madrasalarida, söngra Balx va Mozori Şarifda ustozlardan saboq oladi. Söngra Qozi Mirmuhammad Ğavs degan ustozining tavsiyasiga köra, Hindistonning Ajmir şahridagi «Usmoniya» madrasasida yana sakkiz yil öqib, xatmi kutub qiladi, ya'ni eng oliy şahodamnomani qölga kirititadi.

Ilm talabida, izlanişda bölib, ön beş yil ota-onalari bilan körişolmaydilar. Hindistonda öqib yurgan kezlari ittifoqo poyezdda haj safariga yöl olgan otalari bilan uçraşib qoladilar va haj ziyoratida u kişiga hamrohlik qiladilar. Ota-bola birga bu uluğ ibodatni tökis ado etib bölganidan keyin, taqdir ekan, otalari Hijozda vafot etadi. Padari buzrukvoridan ajrab kolgan Muhammadjon Hindistonga qaytadi va yana bir yil ilm öqib, madrasani tamomlaydi. Söngra otasining vasiyatiga binoan volidasini ziyorat qiliş uçun ona yurti Qökonga qarab ravona böladi. Ne-ne maşakqatlar bilan Qöqondagi hovlisiga kelsa, onalari ham dunyodan ötgan ekan. Keyinçalik bu vokeani eslab: «Man volidamdan ön yetti yoşda judo bölğon ekanman. Şundan keyin man körolmadim, man kelğonimga puşaymon yedim. Dilimda volidamğa xizmat qilolmağonligimning hasrati to Qiyomat qoldi. Bu joyda göyo musofirga öxşab qoldim», deb afsus-nadomat çekadi.

Hindistonda öqib kelganligi va zabardast olim bölgani uçun domlani «Hoji Hindistoniy», «Mavlaviy Hindistoniy», «Hoji domullo», «Hazrati Mavlaviy» nomlari bilan hurmatlaşadi. Qöqonda tuğilgani uçun u kişiga Qöqondiy nisbasi ham berilgan.                               

Yurtga qaytiş

Uning yurtiga qaytib kelgandan keyingi hayoti murakkab bir vaziyatda ötadi. Domla öttiz olti yoşga kirgan (milodiy 1929 yil) vaqtda mamlakatda oçarçilik boşlangan, dindorlarga zuğum ötkazilayotgan bir davr edi. U kişi şu sanada ikki bolali bir beva ayolga uylanadi. Undan keyin taşvişli kunlari boşlanadi. 1942 yili uruşğa ketguniga qadar “ruhoniy”, “mullo”, “xorijiy davlatlarda öqigan” kabi ayblovlar bilan ikki marta qamalib çiqadi. Jon saqlaş va fitnalardan yiroq böliş maqsadida ahli ayollari bilan tez-tez boşqa joylarga köçib turadi. 1942 yili uruşda qatnaşib, 1943 yil jarohatlangaç, mehnat lageriga xizmatga yuboriladi. 1946 yilda Qöqonga qaytib keladi. Qama-qamalar va uruşga ketgani sababli Qozoğiston, Belorusiya va Rossiyaning bir neça şaharlarida umrini ötkazadi.

Uruşdan keyin dinga bir oz erkinlik berilib, masjidlar oçilgandek edi. Öşa paytlar Örta Osiyo va Qozoğiston musulmonlari diniy idorasi Toşkentda joylaşgan bölib, butun mintaqada diniy işlar şu yerdan boşqarilar edi. Muhammadjon domla 1946 yili şu idoraning muftiysi Eşon Boboxonovga iş sörab murojaat etganida, u kişini xizmat qiliş uçun Tojikistonga yuborişadi. Domlaning yaşaşga uy-joyi bölmagani uçun Tojikiston qozisi u kişini Xoja Ahrori Valining pirlari Mavlono Ya'qubi Çarxiy mazorotiga mutavalliy vazifasiga jönatadi. Tojikistondagi hayoti şu tariqa boşlangaç, domlani 1949 yili Xoja Ya'qub masjidiga imomlikka ötkazişadi. Lekin bu yerda ham yigirma beş yilga qamaşadi. Allohning irodasi ekan, Moskvaga arz etib, tört yilu uç oyda ozodlikka çiqadi.